Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molga yaroqsiz saqichlarning muomalaga kiritilishi oldi olindi
09:40 / 2023-01-27

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan “A.G.” MCHJning murojaatiga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.S. iste’molchilarning hayoti va sog‘ligi xavfsizligi talablariga javob bermaydigan “Orbit” nomli mahsulot yorlig‘i ostida tayyorlangan 18 ming dona saqichni fuqaro J.A.ga 54 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) va 149-moddasi (mualliflik yoki ixtirochilik huquqlarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

O‘zA