Iste’molga yaroqsiz go‘sht ushlab qolindi
“Darband” YPX maskanida Surxondaryo viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi hamda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbiri chog‘ida “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, yukxonasi ko‘zdan kechirildi.
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan E.Z. boshqaruvida Boysun – Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan yengil mashinada veterinariya hujjatlarisiz 160 kilogramm yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mahsulot Boysun tumani veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi hayvonlar kasalliklari tashxisi hamda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasida tekshirilganida uning iste’molga yaroqsiz ekani aniqlandi.
Iste’mol uchun sifatsiz go‘sht egasiga nisbatan tegishli tartibda chora ko‘rildi.
Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri