Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotlari ushlab qolinmoqda
13:37 / 2024-05-10

Surxondaryo viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida “Darband” yo‘l-patrul xizmati maskanida o‘tkazgan reyd chog‘ida bir tonna 15 kilogramm iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotini ushlab qoldi.

Hamkorlikdagi reyd tadbirining dastlabki kuni ertalab soat 07:10 larda “Denov-Toshkent” yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan Denov tumanida yashovchi 24 yoshdagi M.Sh. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib, yukxonasi tekshirilganida tegishli veterinariya hujjatlarisiz 140 kilogramm yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotgani aniqlandi.  

Shu kuni tungi soat 02:30 larda mazkur yo‘nalish bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Denov tumanida yashovchi 24 yoshdagi A.A. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina yukxonasida veterinariya hujjatlarisiz 475 kilogramm yirik shoxli mol go‘shti olib ketilayotgani ham ma’lum bo‘ldi. Yana bir holatda tungi soat uchga yaqin “Sho‘rchi-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Sho‘rchi tumanida yashovchi 1997 yil tug‘ilgan N.J. boshqaruvidagi “Kobalt” avtomashinasining yukxonasi ko‘zdan kechirilganida tegishli veterinariya hujjatlarisiz 400 kilogramm yirik shoxli mol go‘shti borligi aniqlandi.  

Mazkur holatlar bo‘yicha go‘sht mahsulotlarining iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligini tekshirish uchun viloyat Hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi laboratoriyasiga taqdim etilgach, ularning iste’molga yaroqsiz ekani aniqlandi. Go‘sht egalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, inson hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.  

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ayni paytda ham reyd tadbirlari davom etmoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri