Iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsulotining sotuvga qo‘yilishi oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.X. shahardagi markaziy dehqon bozori hududida iste’molchilarning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli, talabga javob bermaydigan 82 kilogramm chorva mollari go‘shti mahsulotini muomalaga kiritish maqsadida saqlab kelayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksning 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA