Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molga yaroqli qo‘ziqorinni qanday ajratish mumkin? (+video)
21:02 / 2024-04-01

Yurtimizda qalpoqchali zamburug‘larning 170 dan ortiq turi ma’lum bo‘lib, shulardan 16 taga yaqin turi iste’molga yaroqli, 7ta turi zaharli va qolganlari iste’mol uchun yaroqsiz turlarga bo‘linadi.

Iste’molga yaroqli qo‘ziqorinlar ma’danli moddalar, oqsil hamda «S» va «V» guruhlariga mansub darmondorilarga juda boy bo‘lib, eng asosiy ustunligi – tarkibida oqsilning mo‘lligidir. 

Misol uchun, qo‘ziqorinda oqsil tuxumdan 2 barobar, go‘shtdan esa 3 barobar ko‘p bo‘ladi. Fosfor va kalsiy borasida esa baliqqa teng.

Biroq, qo‘ziqorinlar ana shunday foydali moddalarga boy bo‘lishi bilan bir qatorda, agar unga to‘g‘ri qayta ishlov berilmasa inson salomatligi uchun xavfli holatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kOdp6d-X10o" title="Isteʼmolga yaroqli qoʻziqorinni qanday ajratish mumkin?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA