Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchining uy uchun to‘lagan puli qaytarildi
17:53 / 2023-04-04

Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 24 mart kuni Zarafshon shahar 12-kichik tumanda yashovchi fuqaro D.A. tomonidan og‘zaki ariza kelib tushgan. Unga ko‘ra, fuqaro Zarafshon shahri hududida ko‘p qavatli turarjoylarni qurayotgan qurilish firmalarining biridan 2 xonali 82 kv.m uyni 213 200 000 so‘mga sotib olishga kelishib, 29 600 000 so‘mni to‘lagan. Ammo qurilishning sifati pastligi hamda og‘zaki kelishuvda keltirilgan muddatlarda topshirilmagani sababli, ushbu uy uchun to‘langan pul mablag‘ini qaytarib olish maqsadida jamiyatga murojaat qilgan.

O‘rganishlar jarayonida murojaatda keltirilgan muammolar o‘z isbotini topdi. Jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan qurilish firmasi rahbariyati hamda mutasaddi xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining tegishli moddalari tushuntirilishi natijasida, qurilish firmasi tomonidan fuqaroga 27 mart kuni uy uchun to‘langan 29 600 000 so‘m to‘liq shaklda qaytarib berildi.

O‘zA