Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchining muammosi hal etildi
10:59 / 2025-05-30

Navoiy viloyatining Nurota tumani Yangibino qishlog‘ida yashovchi Botirqul Karimov 2025 yil 13 may kuni “Ishonch savdo” do‘konidan 4 million 875 ming so‘mga 5 turli quvvatdagi skuter xarid qiladi.

Biroq uyiga borib tekshirib ko‘rilganda skuter 4 turli quvvatdaligi ma’lum bo‘ladi. Fuqaro bundan norozi bo‘lib, skuterni 5 turli quvvatdagisiga almashtirib berishini so‘rab savdo do‘koni sotuvchisiga murojaat qiladi.

Natija bo‘lmagach, u O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” raqamli ishonch telefoniga murojaat qilib, amaliy yordam so‘raydi.

Murojaat Nurota tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib chiqildi. Savdo do‘koni ma’muriyatiga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli bandlariga asosan tushuntirish berildi.

Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, skuter 5 turli quvvatdagisiga almashtirildi. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri