Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchining muammosi hal etildi
08:37 / 2022-05-14

Muzlatgich sotib olgan Akmal Ostonayevning shodligi uzoqqa cho‘zilmadi – 3 yillik kafolat berilgan bo‘lsa-da foydalanishga yaroqsiz holga kelib qolgan uskunaning sifatsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi...

Bu haqda bir necha bor do‘kon sotuvchilariga qilgan murojaati esa e’tiborsiz qolaverdi.

Navoiy viloyati Navbahor tumani, “Burqut” mahallasida yashovchi Akmal Ostonayevning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida do‘kon mas’ullariga xizmat ko‘rsatuvchining tegishli qonunlarda ko‘rsatilgan majburiyatlari, fuqaroning esa iste’molchi sifatidagi huquqlari tushuntirildi.

Natijada 6 million so‘mlik “AVALON” rusumli muzlatgichga bepul servis xizmati ko‘rsatilib, ta’mirlab berildi.

A.Bo‘riyev, O‘zA