Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchining buzilgan huquqi tiklandi
19:09 / 2024-02-15

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga har kuni bir qancha murojaatlar yuboriladi. Aksariyat hollarda sotuvchi ongli ravishda xaridorga nisbatan nohaqlik qilganlik yoki noreal qarzdorlik paydo bo‘lgani va iste’molchi o‘z huquqini yaxshi bilmaganligi tufayli huquqiy ko‘mak zarurligi bayon qilinadi.

Namangan shahridagi Ilg‘or mahallasi Langar ko‘chada yashovchi fuqaro M.Q. tomonidan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan murojaatda keltirilishicha, fuqaro “Namangan suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 million 770 ming so‘m qarzdorligi aytilgan. Iste’molchi jamiyatning iste’molga yaroqsiz suv uchun shuncha qarzdorlik hisoblab, undirish choralarini ko‘rayotganligidan norozi bo‘lgan. 

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tekshiruv va o‘rganishlar olib borilib, fuqarolik ishlari bo‘yicha Namangan tumanlararo sudiga da’vo ariza kiritildi. 

Natijada sud qaroriga asosan iste’molchi M.Q. foydasiga hisoblangan noreal qarzdorlik bekor qilindi. Shuningdek, javobgar “Namangan suv ta’minoti” aksiyadorlik jamiyatidan 680 000 so‘m davlat boji undirilishi haqida ham sud qarori chiqarildi. 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri