French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilarning qonuniy huquqlari tiklandi
15:47 / 2024-10-11

Raqobat qo‘mitasiga respublika bo‘ylab iste’molchilar tomonidan elektr ta’minotiga oid tushgan murojaatlarning aksariyatida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish uskunalarini xarid qilish, o‘rnatish, ro‘yhatdan o‘tkazish, davriy davlat qiyoslovi va plombalash jarayonlari, shuningdek, asossiz qarzdorliklarni yuzaga kelayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirilgan.

Qo‘mita mazkur murojaatlardagi qonunbuzilish holatlarini o‘z vaqtida aniqlab, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilib kelmoqda.   

Misol uchun, hududiy boshqarmaga Namangan tumani “Qo‘rg‘oncha” MFYda yashovchi fuqaro U.M xonadoniga Namangan tuman elektr ta’minoti korxonasi asossiz 4.750.000 so‘m qarzdorlik hisoblab, dalolatnoma rasmiylashtirilganligidan norozi bo‘lib murojaat qilgan. 

O‘rganishlar davomida fuqaro uyida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qayd qilingan. Ammo tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmasligi haqida “Qo‘rg‘oncha” MFY ma’lumot bergani hamda bu faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar ro‘yhatida fuqaro yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali Namangan tuman bo‘limi tomonidan esa noto‘g‘ri dalolatnoma tuzilgan va bu holat asossiz qarzdorlikni keltirib chiqargan.   

Murojaatchi xonadonida foydalanilgan elektr energiyasi uchun tuzilgan dalolatnoma qayta hisob-kitob qilinib, 4.750.000 so‘m qarzdorlik bekor qilinishi ta’minlandi. 

Shuningdek, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoli  xolatlar  Toshkent shahri va Toshkent viloyati, Surxondaryo, Sirdaryo, Farg‘ona, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston respublikasida ham aniqlangan. 

Elektr energiyasi kuchlanishi natijasida yetkazilgan zararni undirib berish, qarzdorlik, zamonaviy simyog‘ochlar o‘rnatish, elektr ta’minotini tiklash bilan bog‘liq murojaatlar o‘z vaqtida o‘rganilib, fuqarolarning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi. 

N.Rahmonova, O‘zA muxbiri