Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilarning debitor qarzdorligi oshib bormoqda – “O‘zsuvta’minot” AJ
15:33 / 2023-08-15

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy suv ta’minoti korxonalari tomonidan iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, to‘lovlarni amalga oshirishda iste’molchilar uchun qulay va zamonaviy to‘lov vositalaridan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Shunga qaramasdan, respublikada iste’molchilarning debitor qarzdorligi tobora oshib bormoqda va bugungi kunda 1 trillion 369 milliard so‘mni tashkil etmoqda. Shundan jismoniy iste’molchilarning qarzdorligi 1 trillion 165 milliard so‘mni tashkil etsa, 204 milliard so‘mlik qarzdorlik yuridik iste’molchilarning hissasiga to‘g‘ri kelyapti.  

Bu borada respublika bo‘yicha ichimlik suvi va oqova suv xizmatlaridan qarzdorlikni undirish yuzasidan tegishli huquqiy choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, bugungi kunga qadar debitor qarzdorliklarni qisqartirish bo‘yicha sudlarga jami 13 ming 873 ta 71 milliard 523 million so‘mlik da’vo arizalar kiritilgan. Shundan 5 ming 761 ta ariza yuzasidan 45 milliard 168 million so‘m undirilishi bo‘yicha sud tomonidan qaror qabul qilgan.  

Sudlarga respublika bo‘yicha eng ko‘p da’vo arizalari Toshkent shahri va Toshkent viloyati suv ta’minoti korxonalari tomonidan chiqarilgan bo‘lib, har bir hududdan 4 ming 236 tani tashkil etadi. Shu bilan birgalikda MIBga 31 milliard 37 million so‘mlik 5 ming 897 ta ijro varaqalari berilgan bo‘lsa, shundan 3 ming 292ta ariza ishining 14 milliard 991 million so‘mlik mablag‘lari undirilgan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA