FOTOREPORTAJ
Tabiatning har qanday injiqliklariga tayyor turish, ob-havo noqulayliklariga qaramay iste’molchilarga “zangori yoqilg‘i”ni yetkazib berish gaz ta’minoti sohasi vakillarining asosiy vazifalaridan biridir.
“Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlash uchun Angor tumani Bahor mahallasi hududida joylashgan «Qoraqir» AGRSdan kesimi d-219 mm bo‘lgan jami 38,9 kilometr yuqori bosimli gaz tarmog‘ining qurilishi ishlari jaddalik bilan olib borilmoqda. Loyihaga maxsus texnikalar jalb qilingan.
Hozirga qadar ushbu ob’ektda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining mashina-mexanizm hamda qurilish-montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-30 kilometrdan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi.
[gallery-10364]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA