Oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi yuzasidan O‘zA muxbiri tomonidan berilgan savolga Qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Anvar Jumanov javob berdi.
—Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tushunchasi mavjud. Shuni alohida ta’kidlash joizki, har bitta ishlab chiqariladigan va qayta ishlab chiqariladigan mahsulotlar aniq me’yoriy hujjatlar talablariga javob berishi kerak. Me’yoriy hujjatlarda aniq turdagi mahsulotlarga sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari me’yorlari belgilab beriladi. Mahsulotlar nazorat qiluvchi yoki sertifikat beruvchi organlar tomonidan doimiy ravishda nazorat qilib boriladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/J0iEHq6zJ2s" title="Iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish – muhim" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Respublikamizda mahsulotlarni ishlab chiqarishga talab qo‘yuvchi xalqaro tan olingan standartlarning joriy qilinishi bo‘yicha hozir keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu standartlar mahsulotni iste’molchigacha yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonlarning barchasini qamrab oladi va bunga talab qo‘yadi.
Biz bir necha yillar davomida tayyor mahsulotni nazorat qilib, unga sertifikat berish amaliyoti bilan shug‘ullanib keldik. Ushbu amaliyot hozir dolzarbligini yo‘qotdi. Endilikda tayyor mahsulotni nazorat qilish emas, uning ishlab chiqarilishidan iste’molchigacha yetkazib berish jarayonigacha nazorat qilish tizimlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Bu amaliyot iste’molchilarga sifatli va xavfsiz mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha kafolatlarni oldinga qo‘yadi. Shu bois bugungi kunda “Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
N.Rahmonova, N.Abduvoitov (video), O‘zA