Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar murojaatlari ijobiy yechim topdi
15:25 / 2025-10-02

Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga iste’molchilardan moliyaviy, uy-joy va savdo xizmatlari bo‘yicha tushayotgan murojaatlar hal etilib, iste’molchi huquqlari himoya qilinmoqda.

Hududlar kesimida kelib tushayotgan murojaatlar tahlil qilinganda, muammolar turli sohalarda kuzatilmoqda — moliyaviy to‘lovlardan tortib uy-joy qurilishi, savdo va xizmat ko‘rsatish sifatigacha. Biroq har bir holat yuzasidan yechim topilayotgani, fuqarolarning mablag‘lari qaytarib berilayotgani va adolat tiklanayotgani e’tiborga molik.

Misol uchun, qo‘mitaning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi Bog‘ot tumanida yashovchi fuqaro D.O.ning “Agrobank” ATB tomonidan ajratilgan kredit uchun mukofot pullari ajratilmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati yuzasidan o‘rganish ishlarini o‘tkazdi.

O‘rganishlarda ushbu shartnoma bo‘yicha kredit to‘lovlarini muddatidan oldin yopganiga qaramasdan sug‘urta mukofoti berilmayotganlik holati o‘z tasdig‘ini topdi. Holat yuzasidan tadbirkorlik sub’ektiga mavjud qonun yuzasidan tushuntirish berilishi natijasida fuqaroning 1 538 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari fuqaro foydasiga qayta hisob-kitob qilib berilishi ta’minlandi.

Buxoroda yashovchi fuqaro R.O.ning “Goodwell servise” MCHJdan 252 900 000 so‘mga sotib olgan avtomashinasida nosozlik yuzaga kelgani, bir necha marotaba murojaat qilganiga qaramasdan nuqsonlar bartaraf etib berilmayotganidan shikoyat qilib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ralgan.

O‘rganishlar natijasida murojaatchiga “Haval” avtomobilining multimedia (monitor) qismi yangisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlaridan kelib tushgan murojaatlar ham o‘rganib chiqildi.

Savdo, uy-joy va maishiy xizmatlar sohasida yuzaga kelayotgan muammolarga bu kabi adolatli yechim topilishi jamiyatda qonun ustuvorligi hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Nigora Rahmonova, O‘zA