Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar murojaati doimiy e’tiborda
11:38 / 2024-01-10

Energetika tizimi bo‘yicha iste’molchilarning har bir murojaati o‘z vaqtida hal etilmoqda. Birgina kecha, ya’ni 9 yanvar kuni elektr ta’minotidagi uzilishlar yuzasidan Energetika vazirligiga 100 ta murojaat kelib tushdi va ular maxsus brigadalar tomonidan bartaraf etildi.

Tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan 129 ta murojaat bo‘yicha ham tezkor chora-tadbirlar olib borildi.  

—  Elektr ishlab chiqarish korxonalari 240,9 mln. kVt. soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Bu rejaga nisbatan 101 foiz ko‘p deganidir. Buning uchun issiqlik elektr stansiyalarida 49,7 mln. kubometr tabiiy gaz, 20,7 ming tonna ko‘mir hamda 2,1 ming tonna mazut yoqildi.  

Respublika elektr energiyasi iste’moli 227,3 mln. kVt·soatni, tabiiy gaz iste’moli esa 153,6 mln. metr kubni tashkil qildi.  

Mamlakatimizdagi 1 ming 376 ta metan zapravkada 14,3 mln metr kub, rejadagiga nisbatan 102 foiz ko‘p tabiiy gaz sotildi. 

Avtomobillarga gaz quyish stansiyalari orqali 700 tonna suyultirilgan gaz yetkazildi. Avtobenzin va dizel yonilg‘isi ham aholi va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojini qoplaydigan darajada yetkazib berilmoqda.Mamlakatimizdagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalariga 3 ming 178 tonna avtobenzin yetkazib berildi,   —  dedi vazirlik matbuot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev.  

Shuningdek,  elektr qurilmalarida yuzaga kelgan 13 ta, gaz ta’minotida yuzaga kelgan 16 ta nosozlik bartaraf qilingan.  

 

N. Ziyodullayeva,  O‘zA