Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar madaniyatini yuksaltirish – muhim masala
15:08 / 2023-03-15

Andijonda “Iste’molchilar huquqlarini davlat tomonidan himoya qilish va iste’molchi huquqiy asoslari” mavzusida seminar o‘tkazildi.

15 mart – Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan seminarda soha mutasaddi va mutaxassislari, umumta’lim maktablari o‘quvchilari, oliy o‘quv yurtlari  talabalari, o‘qituvchilari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  

Seminarda so‘z olganlar tomonidan mamlakatimizda iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida” gi qonunini hayotga tatbiq etish, aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini, fuqarolarning bu boradagi bilim va savodxonligini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi ta’kidlandi.  

Seminarda mutaxassislarning mavzu doirasidagi ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilar tomonidan ma’ruzalar hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish,  iste’molchilar madaniyatini yuksaltirish, bu boradagi targ‘ibot ishlarini kuchaytirish, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.  

Boshqarma mutasaddilari va mutaxassislari mavzu doirasida qatnashchilarni qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javob qaytardi.  

 

F. UBAYDULLAEV,

O‘zA