Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
11:29 / 2025-10-08

2025 yil 6 oktyabrda “Iste’molchilar huquqlarini samarali himoya qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 martdan boshlab raqamli markirovka tizimi joriy qilingan tovarlarning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning savdosi ushbu tizim orqali avtomatik ravishda cheklanadi.

Bunda raqamli markirovkalangan muddati o‘tgan tovarlarga nazorat-kassa texnikalarida xarid cheki chiqarilmaydi.

2025 yil 15 oktyabrdan 2027 yil 1 yanvarga qadar tajriba tariqasida nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda “sirli mijoz” va nazorat xaridi tadbirlarini o‘tkazish tartibi joriy etiladi.  

Iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirish maqsadida 2025 yil 1 dekabrdan boshlab “iste’molchi–tadbirkor–nodavlat notijorat tashkilotlar–davlat organlari” tizimi joriy etiladi.

O‘zA