English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar huquqlariga doir qo‘llanmalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi (+video) 
22:57 / 2024-10-10

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

Mazkur memorandum doirasida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir 11 nomdagi o‘quv-qo‘llanmalar ishlab chiqildi. Ushbu qo‘llanmalar Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan har biri 1 ming 500 nusxadan jami 16 ming 500 nusxada chop etildi. 

Toshkent davlat yuridik universitetida mazkur qo‘llanmalarning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastlab, mualliflar tomonidan qo‘llanmalar ahamiyati ma’ruza shaklida yoritildi. Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. 

— Ushbu qo‘llanmalardan iste’molchilarni qiziqtirgan kommunal, savdo sohasi, gaz, elektr, suv ta’minoti, turizm, aloqa va internet hamda boshqa sohalarda iste’molchilar manfaatlariga putur yetkazilgan holatlar yuzaga kelganida qay tariqa hal etilishi kabi savollarga javob olish mumkin, — deydi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federetsiyasi bo‘lim boshlig‘i Ozodbek Quvondiqov. 

Mazkur qo‘llanmalar taqdimoti respublika bo‘ylab o‘tkaziladi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/QiTaREi2byQ" title="Isteʼmolchilar huquqlariga doir qoʻllanmalar taqdimoti boʻlib oʻtdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, O‘zA muxbiri