FOTOREPORTAJ
Farg‘onada 15 mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi viloyat hududiy birlashmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga daxldor idoralar mas’ullari, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va “Yuksalish” harakati viloyat bo‘linmalari, hamkor tashkilotlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Dastlab mavzu yuzasidan brifing o‘tkazildi.
Tadbir tashkilotchilari tomonidan iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta’minlashda, shuningdek, iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatini oshirish, bu borada jamoatchilik nazoratini keng yo‘lga qo‘yish borasidagi targ‘ibot va tushuntirish ishlarida faol ishtirok etayotgan bir qator hamkor tashkilotlar vakillariga Qo‘mita hamda Federatsiyaning faxriy yorliq, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yurtimizda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga oid qonunchilik mazmun-mohiyatini aholining keng qatlamiga yetkazish, ularning huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirish, bu borada jamoatchilik nazorati ishlariga aholi vakillarini keng jalb qilishda o‘zaro hamkorlik va ijtimoiy sheriklikni yanada yaqindan yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA