Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
16:33 / 2026-01-19

Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasiga 2025 yil davomida fuqarolardan jami 472 murojaat kelib tushdi.

Ushbu murojaatlarning 215 tasi savdo, 13 tasi elektr ta’minoti, 38 tasi gaz ta’minoti, 18 tasi dori-darmon, 24 tasi transport, 10 tasi aloqa (internet), 82 tasi uy-ro‘zg‘or texnikalari, 74 tasi esa boshqa sohalarga to‘g‘ri keladi.  

Kelib tushgan murojaatlarning hal etilishi natijasida iste’molchilarga 658 million 105 ming so‘m miqdoridagi mablag‘ qaytarib berildi.

Shuni eslatib  o‘tishimiz kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasida, shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarida doimiy ravishda ishonch telefonlari ishlab  turibdi.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri