Hozircha bitta viloyatda 9 ta tuman sudga berildi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi joylarda elektr energiyasi va undagi uzilishlar yuzasidan monioring ishlarini olib bormoqda. O‘rganishlar davrida Surxondaryo viloyatida 8-12 soatgacha elektr tarmoqdan rejasiz uzilish holatlari kuzatilgan.
Boysun tumani kun davomida 10 soat 45 daqiqa;
Qumqo‘rg‘on tumani kun davomida 9 soat 50 daqiqa;
Jarqo‘rg‘on tumani kun davomida 8 soat 50 daqiqa;
Sariosiyo tumani kun davomida 8 soat 35 daqiqa;
Uzun tumani kun davomida 9 soat 17 daqiqa;
Termiz tumani kun davomida 8 soat 50 daqiqa;
Angor tumani kun davomida 11 soat 50 daqiqa;
Denov tumani kun davomida 10 soat 45 daqiqa;
Sherobod tumani kun davomida 11 soat 35 daqiqa;
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, iste’molchilarni haq huquqlari buzilish holatlarini yuzaga keltirgan Hududiy elektr tarmoqlari bo‘yicha sudga da’vo arizalarini kiritib bormoqda.