Farg‘ona viloyati Rishton tumani Shokirota mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.Egamov tuman hududidagi «Xuchanboy xoji o‘g‘li Dilmurod» xususiy korxonasidan 150 dona shifer mahsulotini oldinroq xarid qilib olib qo‘ygan.
Lekin shu yili tomga chiqarilib, yopilgan shiferlardan 25 tasi oradan bir necha kun o‘tib, yorilib sifatsiz holga kelgan.
Sh.Egamov shu munosabat bilan Rishton tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining ishonch telefoniga murojaat qildi. Murojaat tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqish jarayonida mahsulotni ishlab chiqargan korxona «Quvasoy Grant» shifer zavodi mas’ul xodimlari bilan telefon orqali bog‘lanib, yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
O‘rganish yakunlari bilan iste’molchiga «Xuchanboy xoji o‘g‘li Dilmurod» xususiy korxonasiga qarashli savdo do‘konida sotilayotgan shiferlardan 25 donasi yetkazib berildi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA