Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi murojaati qondirildi
15:43 / 2023-07-24

O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasiga Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani, Do‘stlik MFY, A.Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro T.A. murojaati qilgan.

Fuqaro murojaatida Guliston shahrida joylashgan “S.M.G” MCHJga avtomashinasiga gaz ballon o‘rnatish xizmati bo‘yicha buyurtma berganligi va ushbu xizmat uchun 4 million 100 ming so‘m to‘lagani, biroq bir qancha vaqt o‘tmasdan ko‘rsatilgan xizmat sifatsiz bo‘lgani sabab avtomashina yaroqsiz bo‘lgani ma’lum qilingan.  

Murojaat yuzasidan boshqarma xodimlari MCHJ rahbariga holat yuzasidan tegishli tartibda so‘rov xati yuborgan. Shundan so‘ng xizmat ko‘rsatuvchi MCHJ tomonidan fuqaroga to‘langan pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi va fuqaro ushbu holat yuzasidan e’tirozi yo‘qligini ma’lum qildi.

Sh.Suyarov, O‘zA.