Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi murojaati ijobiy hal etildi
12:24 / 2026-01-15

Fuqaro Qoraqalpog‘iston Respublikasining Kegeyli tumanidagi dehqon bozori hududida joylashgan maishiy texnika savdo do‘konidan 6 million so‘mga “Smart” rusumli televizorni bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qilgan.

Ammo bir oy o‘tmasdan, televizor nosoz holga kelib qolgan. Fuqaro holat bo‘yicha sotuvchiga murojaat qilgan, biroq masalani tez kunlarda yechishga va’da bergan mas’ullardan sado chiqmagan. So‘ng fuqaro Kegeyli tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga murojaat qilgan.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ushbu vaziyatga aralashib, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida sotuvchi tomonidan iste’molchi huquqlari qo‘pol ravishda buzilganini aniqladi.  

Jamiyatning aralashuvi natijasida nihoyat iste’molchining buzilgan huquqi tiklanib, nosoz bo‘lgan televizor  yangisiga almashtirib berildi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri