French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi muammosi hal bo‘ldi
15:23 / 2023-03-02

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida yashovchi fuqaro B.Jamolov «Avto Zaz» MCHJ bilan 2022 yil 18 noyabr kuni tuzilgan shartnomaga asosan belgilangan tartibda 637 million so‘m to‘lovni amalga oshirgan.

Shartnoma shartlarida fuqaroga 2022 yilning 30 yanvar kuni MCHJ tomonidan ISUZU NPR 82 L(CNG) rusumidagi yuk avtomobil yetkazib berilishi ko‘rsatilgan. Ammo fuqaroga belgilangan vaqt o‘tib ketgan bo‘lsada, MCHJ tomonidan shartnoma shartlari buzilib, belgilangan vaqtda yuk avtomobili yetkazib berilmagan.  

Holat yuzasidan Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan MCHJ rahbariyatiga «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidag»gi qonunning tegishli moddalari tushuntirilib, tegishli hujjatlar asosida xulosa qilindi. Natijada, 2023 yil 7 fevral kuni fuqaro B.Jamolovga MCHJ tomonidan ISUZU NPR 82 L(CNG) rusumidagi yuk avtomobil yetkazib berildi.  

Shuningdek, iste’molchining talabi inobatga olinib, 2023 yil 1 yanvardan Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 15 foizdan 12 foizga tushirilganligi munosabati bilan iste’molchiga joriy yilning fevral oyi yakunida 16 million 617 ming 391 so‘m ortiqcha to‘lov shaklida hisoblanib, qaytarib olib berildi.  

 

O‘zA