Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi javobgarlikka tortildi
10:29 / 2025-11-11

Respublika hududlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan nazorat tadbirlari muntazam davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida o‘tkazildi. “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali komplayens nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida amalga oshirilgan reyd davomida tabiiy gazdan qonunga zid ravishda foydalanish holati fosh etildi.

Tumaning “Cho‘lpon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “G‘.Z.S.” nomli parrandachilik fermer xo‘jaligida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, iste’molchi loyiha hujjatlariga mos kelmaydigan nostandart uskunalardan foydalangani, gaz jihozlari sarfi hisoblagichning maksimal quvvatidan oshgani aniqlandi. Shuningdek, ob’ektda neft mahsulotlarini qayta ishlashda qo‘lbola gaz moslamsidan foydalanilgani ham ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirildi, tabiiy gaz sarfining haqiqiy hajmlari qayta hisoblab chiqildi va 862 million 497 ming so‘m miqdorida zarar qayd etildi. Barcha hujjatlar belgilangan tartibda huquq-tartibot organlariga yuborildi.

Zarif Komilov, O‘zA