Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi huquqlari e’tibor markazida
11:02 / 2026-02-06

Bugungi kunda aholining savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida huquqiy savodxonligini oshirish eng muhim masalalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan shahar va tumanlardagi yirik savdo nuqtalari, dorixonalar va xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida tushuntirish va targ‘ibot ishlari jadal olib borilmoqda.

Bunda iste’molchilarga federatsiyada, shahar va tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarida doimiy ravishda ishlab turgan qisqa raqamli ishonch telefonlari va qo‘shimcha aloqa raqamlari yozilgan maxsus poster (rasmli  e’lon) lar yetkazilmoqda. Agarda huquqlari buzilgan taqdirda yoki sifatsiz mahsulotga duch kelganda ushbu ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilish zarurligi tushuntirilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad har bir fuqaroning huquqiy himoyasini ta’minlash hisoblanadi.

Iste’molchilar orasida targ‘ibot ishlari Orolbo‘yining barcha shahar va tumanlarida davom etmoqda.

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri