Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi huquqlari davlat himoyasida
12:32 / 2026-02-17

Bugungi kunda ayrim umumiy ovqatlanish korxonalari — kafe, restoran, oshxona va boshqalar tomonidan Ramazon oyida «aksiya setlar» (kompleks ovqatlar to‘plami) joriy qilinib, ularni majburiy tarzda taklif etish, shuningdek minimal narx belgilab, iste’molchining boshqa taom tanlash imkoniyatini cheklash holatlari kuzatilayotgani aniqlanmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasiga muvofiq, iste’molchi tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishini talab qilish huquqiga ega. Qonunning 21-moddasiga asosan esa sotuvchi (ijrochi) iste’molchini haq evaziga qo‘shimcha tovarlar sotib olishga yoki qo‘shimcha xizmatlardan foydalanishga majburlashga haqli emas.

Shuningdek, umumiy ovqatlanish korxonalari xizmat ko‘rsatish jarayonida — iste’molchini «set» ko‘rinishidagi to‘plamni olishga qistamasligi, unga taomnomadagi boshqa taomlarni tanlash huquqini cheklamasligi, sog‘liq uchun salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, jumladan allergiya chaqiruvchi mahsulotlar mavjud taomlarni majburiy ravishda to‘plam tarkibida taklif qilmasligi lozim.

Qayd etilishicha, Konstitutsiyaning 65-moddasiga muvofiq, davlat iste’molchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Raqobat qo‘mitasi umumiy ovqatlanish korxonalarini qonun talablariga qat’iy rioya etishga chaqirib, iste’molchilarning huquqlari buzilgan taqdirda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishini ma’lum qiladi.

Nigora Rahmonova, O‘zA