Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi huquqi tiklandi
18:15 / 2026-02-24

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida yashovchi fuqaro Y.A.ning tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaati ijobiy hal etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi tuman markazidagi do‘konlarning biridan changyutgich xarid qilgan. Lekin, sotib olingan buyum oradan ko‘p o‘tmay yaroqsizligi aniqlangandan so‘ng fuqaro uni do‘konga qayta olib borgan. Sotuvchi esa xarid qilingan buyumni almashtirishdan bosh tortgan. 

Iste’molchining murojaati yuzasidan Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan sotuvchiga qonun va qonunosti hujjatlari asosida tushuntirish ishlari olib bordi. Natijada fuqaroning talabi ijobiy yechim topdi. 

Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.