FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan OAV vakillari uchun Vodil qishlog‘iga press-tur tashkil etdi.
Tadbir ishtirokchilari Farg‘ona tumanida iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish borasida qilinayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
[gallery-7641]
Tadbir doirasida aholiga oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon, xo‘jalik mollari, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni realizatsiya qilayotgan savdo ob’ektlari rahbar va mas’ul xodimlariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik asoslari, qonunosti me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Muqimjon QODIROV (surat),O‘zA