Milliy statistika qo‘mitasi (MSQ) ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,7 foizga oshdi.
Shu davrda yillik iste’mol narxlari indeksi (INI) 107,5 foiz bo‘lib, 2024 yilning noyabr oyidagi ko‘rsatkich (110,0 foiz) ga nisbatan 2,5 p.p.ga pasaygan.
Noyabrda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 1,0 foiz, nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foiz, aholiga ko‘rsatiladigan pullik xizmatlar esa 0,3 foizga qimmatlashgan.

Asosiy oziq-ovqat mahsulotlari orasida eng katta narx oshishi quyidagilarda qayd etilgan:
bodring 96,0 foiz, pomidor 82,2 foiz, bulg‘or qalampiri 61,2 foiz, baqlajon 51,7 foiz, uzum 12,1 foiz, anor 7,9 foiz, qovoq 5,4 foiz, olma 4,7 foiz, mandarin 4,5 foiz, shaftoli 3,7 foiz, tarvuz 3,4 foiz, qovun 3,4 foiz, tovuq tuxumi 2,4 foiz, quy go‘shti 0,8 foiz, kartoshka 0,7 foiz, birinchi navli bug‘doy uni 0,5 foiz va mol go‘shti (suyaksiz) 0,3 foizni tashkil etdi.
Biroq ba’zi oziq-ovqat mahsulotlari narxi pasaygan, Sabzi 26,1 foiz, sholg‘om 7,1 foiz, barcha navdagi guruch va guruch oqishog‘i 4,5 foiz, loviya 4,2 foiz, shakar 2,9 foiz, piyoz 2,5 foiz, banan 1,3 foiz va parranda go‘shti 1,2 foizni tashkil etadi.
Noyabr oyida nooziq-ovqat tovarlari narxidan tashqari propan (+7,4 foiz), benzin (+1,7 foiz), sement (+1,4 foiz) va kiyim — poyabzal (+0,7 foiz) narxlarining ko‘tarilishi kuzatilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, narxlar tahlillari 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida 420 tur oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 tur xizmatni o‘z ichiga olgan holda amalga oshirilgan.
Joriy yilning noyabrida, umumiy inflyatsiya yillik darajada 7,5 foizga tushgan bo‘lsa-da, ayrim asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxi bir oyda keskin oshib ketgan.
Sh.Mamaturopova,
O‘zA