Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’dodli yoshlar taqdirlandi (+video)
14:47 / 2025-11-11

Nukus shahridagi 22-sonli musiqa va san’at maktabida “Sen iste’dodlisan!” tanlovining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan tanlovda shahar va tumanlardagi 34 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabidan 6 nafar o‘quvchi, uyda, yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarning esa 27 nafari ishtirok etdi. Ularning 15 nafari estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik), 17 nafari tasviriy san’at, 1 nafari qo‘l mehnati yo‘nalishida o‘z iste’dodini namoyish etdi. Hay’at a’zolari tanlov nizomida belgilangan talablardan kelib chiqib, yakuniy baholash mezonlari asosida yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarni aniqladi.

Estrada-vokal (an’anaviy ijrochilik) yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni Bo‘zatov tumanidagi 13-maktabdan uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 8-sinf o‘quvchisi Temur Utebayev, ikkinchi o‘rinni Qorao‘zak tumanidagi 2-maktabning  3-sinfida ta’lim olayotgan Zulayxa Yusupbekova, uchinchi o‘rinni Amudaryo tumanidagi 30-maktabdan uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 7-sinf o‘quvchisi Umidjon O‘razmatov, tasviriy san’at yo‘nalishi bo‘yicha Nukus shahridagi 25-maktabdan uyda yakka tartibda 4-sinfda ta’lim olayotgan Moldir Utegenova birinchi, Qo‘ng‘irot tumanidagi 56-maktabdan uyda yakka tartibda 9-sinfda ta’lim olayotgan Zbira Qudaybergenova ikkinchi, To‘rtko‘l tumanidagi 44-maktabdan uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan Mohinur Ortiqboyeva uchinchi o‘rinlarni egallashdi.

 

– Inklyuziv ta’lim – barcha uchun teng imkoniyatlar ta’minlangan holda beriladigan ta’lim. Ya’ni, alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olib, ta’lim oluvchilarga teng imkoniyatlarni yaratishga qaratilgan o‘quv jarayonidir. 2021-2022 o‘quv yilida sinov tariqasida mamlakatimizning 31 ta umumta’lim maktabida inklyuziv va boshlang‘ich korreksion sinf tashkil etilgan bo‘lsa, bugungi kunda ular 2 mingtaga yetdi. Ularda 4 ming nafarga yaqin  nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda. Endilikda ularga nafaqat bilim berish, balki ularning iste’dodlarini namoyish etishga e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil “Men ham shu Vatanning bir bo‘lagiman” shiori ostida “Sen iste’dodlisan!” tanlovi o‘tkazilmoqda, – deydi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Inklyuziv ta’lim va mehrli maktab faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limining bosh mutaxassisi O‘rol Xudoyberdiyev.

Birinchi o‘rinlarni  egallagan o‘quvchilar tanlovning respublika bosqichiga qatnashish huquqini qo‘lga kiritishdi.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FG2I5w3m9zQ" title="Iste’dodli yoshlar taqdirlandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat, video), O‘zA muxbirlari