Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’dodli sportchilarimiz Italiyada chempionlik uchun kurashadi
11:50 / 2022-07-26

Bugun, 26 iyul kuni Italiyaning Varez shahrida akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha 19 yoshgacha hamda 23 yoshgacha bo‘lgan eshkak eshuvchilar o‘rtasidagi navbatdagi jahon chempionatiga rasman start beriladi.

Chempionat dasturiga binoan kecha, 25 iyul kuni musobaqalarda ishtirok etayotgan 61 ta davlatdan kelgan 1 ming 500 nafarga yaqin sportchilar o‘rtasida qur’a tashlash marosimi tashkil etildi.

Mazkur nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasining 7 nafar sportchisi 23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etadi.

Iste’dodli sportchilarimizdan Sobirjon Safaraliyev BLM1x, Mexrojbek Mamatqulov BM1x, Malika Tagmatova va Luizaxon Islomova BLW2x, Baxtiyor Sharifov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Davrjon Davronov va Yevgeniy Agafonov BM4 yo‘nalishidagi poygalarda qatnashmoqda.

23 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasidagi dastlabki musobaqalar bugun kun davomida bo‘lib o‘tadi. Varez shahridagi chempionat bellashuvlari 30 iyulga qadar davom etadi.

 

T.Ro‘ziyev, O‘zA