French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’dodli shaxmatchi yoshlar “Zakovat – Gambit” turnirida kuch sinashadi
12:27 / 2025-10-21

Bugun, 21 oktyabr kuni poytaxtimiz Toshkentda “Zakovat – Gambit” shaxmat turnirining yarim final bahslari boshlanadi.

Turnirning yarim finalida saralash musobaqalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 80 nafar ishtirokchi orasida FIDE reytingida o‘z o‘rniga ega iste’dod sohib va sohibalari borligi o‘yinlar har jihatdan murosasiz o‘tishidan dalolat bermoqda.

Xususan, mukofot jamg‘armasi 620 million so‘mdan iborat turnirda 20 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida rapid yo‘nalishida jahon chempionligiga erishgan Muhammadzohid Suyarov,  ayollar o‘rtasida 10-jahon chempioni bo‘lgan bolgariyalik shaxmatchi Antoanetta Stefanova, “Zakovat – Gambit” turnirining eng yaxshi ayol ishtirokchisi va g‘olibi, mamlakatimiz sport tarixida jahon chempionatini yutgan ilk ayol shaxmatchi Afruza Hamdamova dona surishga hozirlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, to‘rtinchi marotaba tashkil etilayotgan “Zakovat-Gambit” musobaqalarining final bahslari 22-23 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA