FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi qoshidagi Xorazm ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida yosh iste’dodlarga tasviriy san’at, amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishida tashkil etilgan 9 ta mutaxassislik bo‘yicha saboq beriladi.
San’at dargohida yoshlarning iste’dodini yuksaltirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Bu yerda 52 nafar malakali o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Mutaxassislik fani o‘qituvchilardan 6 nafari Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, pedagoglardan 2 nafari xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi B2 va 2 nafari S1 sertifikatlarini olgan. Ularning mehnatlari samarasi maktab o‘quvchilar mamlakatimiz hamda xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda.
[gallery-16191]
O‘tgan 2022/2023 o‘quv yilida 25 nafar bitiruvchining 18 nafari, ya’ni 72 foizi o‘zi tanlagan yo‘nalish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA