Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Iste’dod egalari” respublika ko‘rik-tanlovi Samarqandda o‘tkazildi
13:20 / 2021-09-26

Vatanimiz mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi hamda besh muhim tashabbus doirasida Samarqand shahrida imkoniyati cheklangan o‘quvchi-yoshlarning iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ilk bor “Iste’dod egalari” respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan kelgan 17 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 50 nafarga yaqin yoshlar estrada, an’anaviy va opera xonandaligi, cholg‘u ijrochiligi, tasviriy va amaliy san’at, dizayn va adabiyot yo‘nalishlarida o‘z mahoratini ko‘rsatdi.

- "Eng yaxshi haykaltarosh" nominatsiyasi bo‘yicha respublika bosqichida g‘olib bo‘ldim, -  deydi samarqandlik Shahboz Rajabov. – Ushbu yutuq nafaqat meniki, balki ustozlarimniki ham. Ularning sa’y-harakati va mehnatlari bilan yutuqlarga erishyapmiz.  

Ko‘rik-tanlovda 8 nafar yoshlar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Tadbir so‘ngida “Nurafshon” madaniyat markazida gala-konsert tashkil qilindi. Ishtirokchi va g‘oliblarga Madaniyat vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

 

 

G‘.HASANOV, O‘zA