Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchiga millionlab asossiz qarzdorlik qaerdan yozildi?
12:03 / 2019-09-25

Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.


Majburiy ijro byurosi Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan tadbirlar olib borilmoqda.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Beshariq tuman bo‘limi tomonidan 2018 yil va joriy yilning o‘tgan davrida energiya resurslaridan 2 ming 221 nafar aholi iste’molchilari hisobvaraqlariga noto‘g‘ri kiritilgan qarzdorliklar tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga asosan “Elektrhisob” va “Billinggaz” dasturlaridan hisobdan chiqarilgani holda ularning buzilgan huquqlari tiklangan.

Xususan, Beshkapa qishlog‘ida yashovchi fuqaro N.Samatov elektr energiyasidan 10 million 481 ming so‘m asossiz hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib murojaat qilgan. Bo‘lim tomonidan ushbu holat bo‘yicha mutaxassislarni jalb qilgan holda to‘liq o‘rganish olib borilib, Beshariq tumani elektr ta’minoti korxonasi “Elektrhisob” dasturiga muqaddam asossiz ravishda qarzdorlik kiritib qo‘yilgani aniqlangan. Mazkur qarzdorlik asossiz deb topilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirgan holda dasturdan chiqarildi.

Shuningdek, Qoraqo‘yli qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Hamidovga yozilgan 9 million 772 ming so‘m qarzdorlikni Byuroning Beshariq tuman bo‘limi davlat inspektori uning yashash manzilida o‘rganganida elektrni hisobga olish pribori bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi aniqlangan. Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan tekshirishda qarzdorlik asossiz ekanligi ma’lum bo‘lgan va iste’molchining elektr ta’minot korxonasidagi shaxsiy hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan. Fuqaro E.Jo‘raevga 9 million 757 ming so‘m, M.Ismoilovga 9 million 281 ming so‘m, A.Ubaydullaevga 9 million 261 ming so‘m, A.G‘ofurovga 7 million 588 ming so‘m asossiz hisoblangan qarzdorliklar ham hisobdan chiqarildi.

Hozirda Majburiy ijro byurosi xodimlari iste’molchilarga asossiz qarzdorliklarini bartaraf etish choralarini ko‘rib, buzilgan huquqlarni tiklamoqda.