Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’molchi talabi va zamonaviy mahsulotlar
16:57 / 2015-08-10

Hayotimizda har kuni turli vositalardan foydalanamiz. Sanitariya-gigiyenik buyumlar, uyda shinam sharoit yaratishga xizmat qiladigan har xil vositalar shular jumlasidan. Bugun turmushimizni bunday mahsulotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Hayotimizda har kuni turli vositalardan foydalanamiz. Sanitariya-gigiyenik buyumlar, uyda shinam sharoit yaratishga xizmat qiladigan har xil vositalar shular jumlasidan. Bugun turmushimizni bunday mahsulotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.

Ayni paytda yirik supermarketlar, do‘konlar va hatto kichik savdo rastalari turli sanitariya-gigiyenik buyumlar va maishiy kimyo vositalari bilan to‘la. Taklif etilayotgan mahsulotlar xilma-xilligidan ko‘z quvnaydi va ular sifat jihatidan bir-biridan aslo qolishmaydi. Bu esa ularning narxi va sifati nisbati xususida fikr yuritishga undaydi. Mazkur mahsulotlarning katta qismi mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgani quvonarlidir. Bu ishlab chiqaruvchilarimiz bozorda o‘z mavqeini oshirib borayotganidan dalolat beradi.

Poytaxtimizdagi yirik savdo markazlaridan birida kundalik hayotimizda foydalaniladigan keng turdagi mahsulotlarni ko‘rib, xayolimda bolalik xotiralarim jonlandi. Oilada kenja farzand bo‘lganim bois meni non, sovun yoki kir yuvish kukuni olib kelish uchun do‘konga tez-tez yuborishardi. O‘sha paytlari rastalarning yarmi bo‘sh, tovarlar turli-tuman qutilarga tartibsiz qalashtirib tashlangan bo‘lardi.

Yaqin o‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, bugungi hayotimizning farovon va to‘kin-sochinligidan ko‘ngil g‘ururga to‘ladi. Masalan, bir do‘konning o‘zida 25 turdagi atir sovuni, 20 turdagi kir yuvish kukuni, o‘ndan ortiq turdagi qog‘oz salfetka va sochiq, sanitariya-gigiyena qog‘ozi va kosmetika salfetkalari, yigirmadan ziyod turdagi idish-tovoq, oyna, pol yuvish vositalari, 15 xildan ortiq gigiyena vositalarini sanab chiqdim. Bir so‘z bilan aytganda, inson o‘z salomatligini nazorat qilishi va uyini saranjom-sarishta tutishi uchun hamma narsa muhayyo.

Poytaxtimizdagi supermarketlardan birining sotuvchisi Madina Ro‘ziboyevaning so‘zlariga ko‘ra, sanitariya-gigiyena buyumlari va maishiy kimyo vositalariga talab yuqori. Shunisi e’tiborliki, ilgari mamlakatimiz aholisi asosan chetdan keltirilgan tovarlarni xarid qilgan bo‘lsa, bugun yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ma’qul ko‘rmoqda. Yurtimizda tayyorlanayotgan mahsulotlar sifat jihatidan xorijnikidan aslo qolishmaydi, narxi ham arzon. Bu mahsulotlarning raqobatbardoshligini ta’minlamoqda.

Sanitariya-gigiyena va maishiy-kimyo vositalari asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotganini ta’kidlash joiz. Bu bejiz emas. Negaki mustaqillik yillarida mamlakatimizda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning samarasida joriy yilning birinchi choragida 15,2 mingta yangi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. Kichik biznesning sanoatdagi ulushi 28,9 foizdan 31,4 foizga, aholini ish bilan ta’minlash borasidagi ulush esa 76,8 foizdan 77,2 foizga o‘sdi. 

Prezidentimiz Islom Karimovning 2009-yil 28-yanvardagi “Mahalliy nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori yuqori sifatli va raqobatbardosh nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish va turini kengaytirish, ichki bozorni shunday mahsulotlar bilan ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Ushbu qarorga muvofiq mahalliy sanitariya-gigiyena va maishiy kimyo vositalari ishlab chiqaruvchilar soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarga ega bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2013-yil 29-yanvardagi “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning raqobatdoshliligini yanada oshirish va tovarlarni respublikaga noqonuniy olib kirishga qarshi kurashni kuchaytirish to‘g‘risida”gi qarori mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilayotir. Ushbu hujjat korxonalarimiz tomonidan ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.

Yuqori sifatli xomashyodan “Elma” va “S’G lux” brendi ostida bolalar va kattalar uchun qog‘oz sochiq, salfetkalar va boshqa gigiyena vositalari ishlab chiqaradigan “Sangio Papermill” xususiy korxonasi, “Zak-Qog`oz” va “International Raper” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari davlatimiz tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanmoqda. Bugungi kunda ushbu korxonalar mahsulotlari mamlakatimizning barcha hududiga tarqatilmoqda. 

“Sangio Papermill” xususiy korxonasi direktori o‘rinbosari Qahramon Nabiyevning ta’kidlashicha, korxonaga o‘rnatilgan zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish, gigiyena vositalari bozorida yangi tovarlar taklifini kengaytirish va kelajakka ishonch bilan qarash imkonini berayotir. Mamlakatimiz aholisining qog‘oz mahsulotlardan foydalanish ehtiyoji yil sayin oshib borayotgani bois korxona ishlab chiqarish hajmini va mahsulot turlarini kengaytirib, narxlarni aholi uchun qulay darajada saqlamoqda.

“National Investments” innovatsion kompaniyasi aholi hayotini yanada qulay va xavfsiz qilishga harakat qilmoqda. Kompaniya sanitariya-gigiyena vositalari yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirmoqda. Ayni paytda kompaniya “Dewell”, “Purex Cosmetics” va “SANMED” savdo belgilari ostida oyoq va qo‘llarga mo‘ljallangan antiseptik gel va loson-spreylar, suyuq antibakterial sovun, dush geli, dezinfeksiya va yuvish vositalari, nam salfetkalar ishlab chiqarmoqda.

– Mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning sanitariya-gigiyena va kosmetologiya sohasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot institutlari, shuningdek, sanitariya-gigiyenik vositalar ishlab chiqaradigan mashhur kompaniyalar bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqdamiz, – deydi “National Investments” mas’uliyati cheklangan jamiyati marketing bo‘limi boshlig‘i Yuliya Mikerova. – Yangi texnologiyalar va xalqaro sifat standartlarining joriy etilishi salomatlik uchun xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini bermoqda. 

Mustaqillik yillarida maishiy-kimyo tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar ko‘paydi va buning natijasida kir yuvish kukunlari bozori sifatli mahsulotlar bilan to‘ldirilmoqda. Bugun aholiga ellikka yaqin mahalliy va import kir yuvish kukuni taqdim etilmoqda.

Hozirgi kunda do‘konlarda ko‘pincha “Zelyoniy chay”, “Yaks”, “Kristal”, “Berezovaya rosha” kabi kir yuvish kukunlarini ko‘rish mumkin. Mazkur mahsulotlar aholi tomonidan faol xarid qilinmoqda. Eng muhimi, bu mahsulotlar yurtimizda ishlab chiqarilayotir.

“Asian Diamond Classic” kompaniyasi sintetik yuvish vositalari ishlab chiqaradigan korxonalar sirasiga kiradi. Kompaniya faoliyati turli markadagi kir yuvish kukunlari va tozalash vositalari ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Misol uchun, “Bio Time” kir yuvish kukuni kirni qo‘l va mashinada, “Diamond” kukuni qo‘lda yuvish uchun mo‘ljallangan. “Novel” kukuni esa paxta, zig‘ir va aralash tolali matolardan tayyorlangan kiyim-kechaklarni yuvishga mo‘ljallangan. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilayotgan tozalash vositalari kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni yo‘q qiladi va ular paydo bo‘lishining oldini oladi, buyumlarni tozalaydi va dezinfeksiya qiladi.

Mamlakatimizda maishiy kimyo mahsulotlari va sanitariya-gigiyena vositalari ishlab chiqaradigan korxonalar safi kengayib bormoqda. «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibida bir necha korxona, jumladan, «Navoiy Human Pulp» O‘zbekiston – Xitoy qo‘shma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Korxonada mahsulotlar turi muntazam kengaytirilib, xotin-qizlar va bolalar uchun yuqori sifatli gigiyenik vositalar ishlab chiqarilmoqda. Olimlarimizning innovatsion ishlanmalaridan foydalanilgan holda tayyorlanayotgan bu mahsulotlar inson salomatligi uchun xavfsizdir.

“O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tarkibida ham gigiyena vositalari ishlab chiqaradigan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bolalar uchun mahsulotlar ishlab chiqaradigan “MTEGRA” mas’uliyati cheklangan jamiyati, tibbiy paxta va gigiyena buyumlari tayyorlaydigan “Chashma” mas’uliyati cheklangan jamiyati, kundalik va tibbiy ehtiyojlar uchun doka ishlab chiqarayotgan “Les quates de Bukhara” qo‘shma korxonasi shular jumlasidandir.