Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isteʼmolchi muammosi bartaraf etildi
16:15 / 2020-08-12

Soʻngi yillarda isteʼmolchilarning mototransport vositalariga boʻlgan talabi bir necha barobar oʻsdi.


Soʻngi yillarda isteʼmolchilarning mototransport vositalariga boʻlgan talabi bir necha barobar oʻsdi. Sababi - ushbu texnika vositalari kam yoqilgʻi sarflash bilan bir qatorda, “ustaga ish qoldirmaydigan” kamxarj. Narxi hamyonbop, ustiga-ustak, anchagina yumushimizni bajara oladi. 

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi qahramonimiz I.Toʻrayev ham yuqoridagi fikrlarga asoslanib, “Buxoro Real Moto” MCHJga qarashli “Lochin” mototransport vositasini sotib olish maqsadida 21.885.000 soʻmga shartnoma tuzib, soʻngra oradan bir qancha vaqt oʻtgach, boshqa modeldagi transport vositasini xarid qilish maqsadida yana tashkilotga murojaat qiladi. Ammo tadbirkor tomonidan narxlar oshganligi maʼlum qilinib, isteʼmolchiga istasa yangi narxda xarid qilishi mumkinligi taklif etiladi.

Bundan tashqari, yangi shartnoma tuzish uchun xodimlar yoʻqligi, buning sababi, yurtimizda kuchaytirilgan karantin tartibi joriy etilgach, koʻp tashkilotlar qatori ishchilar salomatligini nazarda tutgan holda “Buxoro Real Moto” MCHJ ham faoliyatini vaqtincha toʻxtatishga, mijozlar buyurtmalarini kechiktirishga majbur boʻlgani tushuntirilgan. 

Bu vajlardan norozi boʻlgan I.Toʻrayev eski narxda transport vositasi yetkazib berilishini, agar zavodda boʻlmasa, dilerlardan olib berilishini soʻrab Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasiga murojaat qiladi. Soha mutaxassislarining saʼy-harakatlari natijasida isteʼmolchining muammosi hal etildi. Tadbirkor asosli maʼlumot berganligi hisobga olinib, I.Toʻrayev 26.025.000 soʻm toʻlovni amalga oshirdi hamda oʻzi istagan mototransport vositasini dilerdan xarid qildi. Tadbirkor va isteʼmolchi ushbu kelishuvdan birdek minnatdor!