Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Iste’dodli badmintonchilar saralandi
11:50 / 2015-03-02

Poytaxtimizdagi “Chorsu” sport klubida kattalar o‘rtasida badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

4c.jpgPoytaxtimizdagi “Chorsu” sport klubida kattalar o‘rtasida badminton bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz yoshlari o‘rtasida Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan badminton sport turini yanada ommalashtirish maqsadida o‘tkazilgan musobaqada yurtimizning barcha hududidan kelgan 100 nafarga yaqin sportchi yakkalik, juftlik va aralash juftlik bahslarida o‘z mahoratini namoyish etdi.

Musobaqaning yakkalik bahslarida toshkentlik Artyom Savatyugin oltin medalni qo‘lga kiritdi. Buxorolik Amrullo Baxshulloyev kumush, poytaxtlik Alisher Xolmirzayev bronza medal bilan taqdirlandi. Juftlik bahslarida Artyom Savatyugin Temur Karimov bilan hamkorlikda musobaqa g‘olibi bo‘ldi.

Xotin-qizlar o‘rtasida Anaid Xurshidyan shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, Valeriya Mushtakova hamda Dilrabo Ahmedova ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Juftliklar o‘rtasida Anaid Xurshidyan va Valeriya Mushtakovaga teng keladigani topilmadi.

Aralash juftlik bahslarida A.Baxshulloyev va A.Xurshidyan dueti oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Umumjamoa hisobida Toshkent shahri sportchilari birinchi, Andijon va Buxoro viloyatlari vakillari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi.