Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Kamolot” shaxmat taxtasi”: Navoiyda yosh iste’dodlar saralandi
16:35 / 2017-03-16

Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirining Navoiy viloyati bosqichida 100 nafar havaskor shaxmatchi ishtirok etdi.

Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirining Navoiy viloyati bosqichida 100 nafar havaskor shaxmatchi ishtirok etdi.

Birinchi Prezidentimizning 2014-yil 6-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan musobaqa yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, aql charxi bo‘lgan shaxmat o‘yiniga ixlosmand yoshlarni munosib rag‘batlantirishda muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Musobaqada 5 yosh toifasidagi shaxmatchilar g‘oliblik uchun dona surdi. O‘n nafar o‘g‘il-qiz turnirning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Shaxmatga qiziqqanim tufayli otam meni shaxmat to‘garagiga berdi, – deydi Xatirchi tumanidan Marg‘uba Boboqandova. – Ustozlarim ko‘magida mahoratimni oshirib, “Kamolot” shaxmat taxtasi” turnirida g‘olib bo‘lishga erishdim. Kelgusida O‘zbekistonimiz shaxmat maktabi an’analarini davom ettirgan holda eng yirik xalqaro turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishni maqsad qilganman.