English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istanbulda Ukraina bug‘doyini ortgan kema tekshiruvdan o‘tib bo‘ldi
16:13 / 2022-08-03

Xalqaro nazoratchi guruh Istanbulga yetib kelgan Ukraina bug‘doyini ortgan kemani tekshiruvdan o‘tkazib bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

 Tadbir taxminan bir soatga cho‘zilgan. Unda Turkiya, Ukraina, Rossiya va BMT vakillari ishtirok etgan.   

Serra-Leone bayrog‘i ostida suzayotgan yuk kemasi kecha oqshomda Odessadan Istanbulga yetib kelgan edi. Makkajo‘xori ortgan kema uchun berilgan dengiz yo‘lagi Qora dengizning shimoli-g‘arbiy qismidan o‘tadi.   

22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari Rossiyaning oziq-ovqat mahsulotlari eksportiga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashga va Ukraina bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. BMT Bosh kotibining o‘rinbosari, Afrika bo‘yicha Iqtisodiy komissiyaning ijrochi kotibi Vera Songvening ta’kidlashicha, “oziq-ovqat kelishuvining bajarilishi” Ukrainaning 23 million tonna bug‘doyini jahon bozoriga chiqarish imkonini beradi. Zero, BMT anchadan buyon bug‘doy taqchilligi tufayli dunyoda oziq-ovqat inqirozi yuz berishidan ogohlantirib kelayotgan edi.