Istanbulda Ukraina bug‘doyini olib tashish uchun ketayotgan ikkinchi kema tekshiruvdan o‘tkazilmoqda
Istanbulda tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi markaz Ukraina bug‘doyini tashish uchun Qora dengiz portiga yo‘l olgan navbatdagi kema tekshiruvdan o‘tkazilmoqda, deb xabar tarqatdi Turkiya mudofaa vazirligi.
"Birlashgan muvofiqlashtiruvchi markaz jamoasi Barbados bayrog‘i ostida suzayotgan FULMAR S kemasini tekshirishga kirishdi. Ayni paytda ushbu kema bug‘doy yuklash uchun Ukrainaning Qora dengiz portiga jo‘nashga tayyor holda Istanbulning shimoliy sohilida turibdi", –deyiladi Turkiya mudofaa vazirligi tarqatgan xabarda.