Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istanbulda bir bemor 78 marotaba test topshirdi, hammasi ijobiy natija ko‘rsatmoqda
13:12 / 2022-02-05

Istanbulda shahrida yashovchi Muzaffar Qoyasan koronavirus tufayli bir yildan ortiq karantinda o‘tiribdi, chunki u topshirayotgan barcha testlar ijobiy natijani ko‘rsatmoqda, deb xabar bermoqda A Haber telekanali.

"Oqqon xastaligiga uchragan Muzaffar Qoyasan 2020 yil noyabrda koronavirusga uchragan edi. Qoyasanni davolagan kasalxona unga javob berardi, lekin uning koronavirusga qarshi topshirayotgan testlari  har doim ijobiy natijani bermoqda. 

56 yoshli bemor 14 oy ichida 78 ta test topshirdi. Har gal topshirgan testi unda koronavirus borligini tasdiqlamoqda. Qoyasan karantindan chiqa olmagani uchun nevaralarini ham ko‘ra olmayapti, shu bois u hukumatga yordam so‘rab murojaat qildi", — deyiladi xabarda. 
Bemorning o‘zi aytishicha, bundan uch yil avval og‘ir jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan. 
 
"Olimlarimiz va shifokorlarimizdan so‘raganimizda, ular mening immun tizimim juda kuchsiz ekanini aytishadi. Chunki men oqqon bilan xastalanganman. Ular 14 oy davomida dori-darmonlar yordamida mening hayotimni ushlab turibdi", — deya keltiradi telekanal Qoyasan so‘zlarini. 

Bemorning aytishicha, bu ahvol kasalxonada yotganlar uchun ham, o‘zi va oilasi uchun ham juda qiyin hisoblanadi.