Joriy yilning 12-14 mart kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan “Istanbul Premier League” xalqaro turnirida qatnashgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi yurtimizga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida sportchilarni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, karate WKF federatsiyasi vakillari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
[gallery-1575]
Mazkur turnirda AQSH, Fransiya, Kolumbiya, Meksika, Braziliya, Gretsiya, Italiya, Gruziya, Armaniston, Rossiya, Bahrayn, Qirg‘iziston, Moldova, Ruminiya, Serbiya, Belgiya, Finlyandiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston kabi 72 mamlakatdan 584 nafar sportchi ishtirok etdi.
Ular orasida jami 6 nafar O‘zbekiston milliy terma jamoa sportchilari ham qatnashib, musobaqa yakuniga ko‘ra, 60 kg vazn toifasida Sadriddin Saymatov bronza, 75 kg vazn toifasida Dostonbek Otabolayev esa kumush medallarini qo‘lga kiritdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA