Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istanbul muzokaralar shahri. “Lenin” ham ketdi...
10:52 / 2023-03-30

Rossiya-Ukraina

Birlashgan Qirollik va Germaniya Ukraina suvereniteti himoyasi masalasida hamfikrmiz, deb bayonot berdi Buyuk Britaniya Qiroli Karl III Berlinga tashrifi davomida.  

“Bugun bu yaqqol ko‘rinmoqda, biz Ukraina bilan uning erkinligi va suvereniteti himoyasida turibmiz”, deya monarx so‘zidan iqtibos keltiradi “Bi-bi-si”.

Germaniyaga uch kunlik safari davomida Karl III ning ukrainalik qochoqlar bilan uchrashuvi ham rejalashtirilgan.  

AQSH va Argentina Prezidentlari Jo Bayden va Alberto Fernandes Vashingtondagi uchrashuvda Ukraina atrofidagi ziddiyatni muhokama qilishdi, deb xabar berdi Oq uy matbuot xizmati.  

"Yetakchilar AQSH va Argentina o‘rtasidagi ukrain xalqini yanada qo‘llab-quvvatlash va ziddiyatning oqibatlarini tugatishda hamkorlik qilish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shma Shtatlar shu kungacha Ukrainaga yetkazib berilgan harbiy yordam to‘g‘risida har qanday qo‘pol qoidabuzarliklar qayd etilmaganini ta’kidlaydi. Bu haqda Oq uyning Milliy xavfsizlik kengashidagi strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi ma’lum qildi.  

“Vashington va Kiyev harbiy yordamlarning maqsadli manziliga yetib borishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda”, deb qo‘shimcha qildi u.

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Unda 26 aprelda Rimda Ukrainani qayta tiklash masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan konferensiyaga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilgan.  

“Zaporoje AESni himoya qilish imkoniyati mavjud va bu yo‘nalishda harakatlar davom ettiriladi, deb xabar berdi MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z sahifasida.

“Ukrainaga yettinchi tashrifim davomida bunga iqror bo‘ldim”, deb qo‘shimcha qildi u.

London xalqaro sheriklar bilan kelishilgan holda Ukrainaga yordam berishni davom ettiradi, deb bayonot berdi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Jeyms Kleverli “Die Welt” gazetasiga suhbatda.  

“Ukrainlarning barcha talablari sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirishga harakat qilinadi”.

Anqara Rossiya va Ukraina o‘rtasida tezroq tinchlik muzokaralari o‘tkazishni istaydi, deb bayonot berdi Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an.

“Bu muzokaralarni Istanbulda tashkil etishga tayyormiz, mazkur shaharda ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilgan”.

Yaponiya hukumati Ukrainaga navbatdagi 470 million dollar miqdorida yordam ajratishga qaror qildi, deyiladi TIV xabarida.

Tokio o‘tgan yili Kiyevga 1,6 milliard miqdorida ko‘mak bergan.

G7ga raislik qilayotgan Yaponiya “yettilik” a’zolarini Rossiyaga qarshi sanksiyalarni davom ettirish va Ukrainaga jiddiy ko‘mak berish masalalarida qat’iyatli bo‘lishga chorlaydi. Bu haqda tashqi ishlar vaziri Yosimasa Xayasi ma’lum qildi.

“Politico” nashrining xabar berishicha, AQSHning sobiq Bosh kotibi Mayk Pompeo 3 aprelda Ukrainaga safar bilan boradi.  

Prezident Zelenskiy Xitoy yetakchisi Si Szinpin bilan Kiyevda uchrashishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

“Bir yildan beri XXR rahbari bilan muloqot qilmadim, u bilan suhbatlashish niyatim bor”, deb uning so‘zidan iqtibos keltirdi “Associated Press” nashri.

Odessada Vladimir Lenin haykali olib tashlandi, deb xabar berdi mahalliy "Dumskaya" gazetasi.

Haykal 1964 yilda shahardagi bolalar lagerlaridan birining hududida o‘rnatilgan edi.  

 

Abror XON,

O‘zA