French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istanbul meriga josuslik ayblovi bo‘yicha yangi hibs orderi chiqarildi
18:49 / 2025-10-27

Turkiya sudi Istanbul shahar meri, mamlakatdagi asosiy muxolifat yetakchilaridan biri sanalmish Akrom Imomo‘g‘liga nisbatan siyosiy josuslik ayblovi bo‘yicha yangi hibs orderini chiqardi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.

Ta’kidlanishicha, Imomo‘g‘li hozirda korrupsiya ishi doirasida mart oyidan beri qamoqda saqlanmoqda. Sudning yangi qarori esa unga nisbatan ilgari surilgan ayblovlarga qo‘shimcha tarzda chiqarilgan.

Xabarda shahar meri prezidentlik saylovi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ishda noqonuniy sxemalardan foydalanish va xalqaro qo‘llab-quvvatlashni qo‘lga kiritish maqsadida josuslik faoliyati bilan shug‘ullanishda gumon qilinayotgani aytiladi. 

– Bunday tuzoq va bo‘hton hatto shaytonning ham xayoliga kelmaydi, - dedi u panjara ortidan turib bergan bayonotida. – Bu sharmandalikni so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi.

Ekspertlar fikricha, ushbu ish Istanbul shahar hokimligini davlat nazoratiga o‘tkazishga zamin yaratishi mumkin.

Sud qarorida jurnalist, “Tele 1” telekanali bosh muharriri Mardon Yanardag‘ ham ayblanuvchilar qatorida ko‘rsatilgan. Hukumatni tanqid qilish bilan nom chiqargan telekanal juma kuni davlat tomonidan musodara qilingan edi.

D.Hakimov, O‘zA