French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istanbul meri: Erdog‘an Prezident saylovida g‘alabaga erisha olmaydi!
15:55 / 2023-03-02

Istanbul meri, Prezident saylovida muxolifatchilardan ehtimoliy nomzodlardan biri Akrom Imomo‘g‘li Turkiya yetakchisi Rejep Tayyip Erdog‘an bo‘lajak Prezident saylovida g‘olib bo‘lolmasligini ta’kidladi. Ushbu fikr “Habertürk” telekanaliga berilgan intervyuda bildirgan.

"Men o‘z burchini eng zo‘r bajaradigan mer bo‘lishga intilaman, muxolifat partiyalari yetakchilari qabul qiladigan qaror doirasida ishlashga harakat qilaman. O‘ylashimcha, hukumat (Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an) baribir saylovda g‘alabaga erisha olmaydi. Muxolifatdan kim nomzod bo‘lishidan qat’i nazar, biz saylovda g‘alaba qilamiz", – dedi Imomo‘g‘li.

Xabarda aytilishicha, ertaga Turkiya muxolifatchilari birlashgan muxolifatchilardan prezidentlikka ko‘rsatiladigan nomzodni aniqlab oladi. Turkiya ommaviy axborot vositalari Xalq-respublikachilar partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘li asosiy nomzod bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanini yozmoqda. U avvalgi saylovda Erdog‘anga yutqazgan edi.

Turkiyada Prezident va parlament saylovi shu yil 14 mayga belgilangan, biroq ushbu sana haliyam Oliy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlanmadi.