Turkiyaning Istanbul Medipol universiteti va Toshkent Tibbiyot akademiyasining Urganch filiali o‘rtasida sog‘liqni saqlash, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik, xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida shartnoma imzolandi.
Istanbul Medipol universiteti Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, 2009 yilda tashkil etilgan. Universitetda xalqaro tibbiyot, stomatologiya, tabiiy fanlar, farmatsevtika, huquq, biznes, menejment, ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi ixtisosliklar bo‘yicha fakultetlar tashkil etilgan.

bugungi kunda mazkur bilim dargohida dunyoning 74 ta davlatidan tashrif buyurgan 33 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Unga ko‘ra, tomonlar stomatologiya va tibbiyot menejmenti yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’limni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar, doktorlar, tadqiqotchilar, doktorantura, magistratura, bakalavriat talabalarining tajriba almashinuvini o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan holda amalga oshiradilar.

Mazkur tajriba almashinuvi Medipol universitetida 2 yil, TTA Urganch filialida 3 yillik muddatda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, shartnoma doirasida kadrlar malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish, qo‘shma xalqaro konferensiyalar, simpoziumlar, seminar va treninglar o‘tkazish belgilangan.

