Istanbul aeroportida uch samolyot birga qo‘ndi
Turkiyaning Istanbul shahri aeroporti bir vaqtning o‘zida uch samolyot havoga ko‘tarilgan va qo‘ngan, ya’ni uchish-qo‘nish yo‘laklarida parallel ravishda amaliyot bajarilgan Yevropadagi ilk aerodrom sifatida tarixga kirdi, deyilgan CNN tarqatgan xabarda.
Bu lahzalar radarda tasvirga tushirib olingan.
Avvalroq majmua rahbariyati maxsus loyiha doirasida asosiy uchish-qo‘nish yo‘laklari sonini oltitaga yetkazish rejalashtirilgani haqida xabar bergan edi.
Dunyoning 353 shahriga parvoz amalga oshiriladigan, 2019 yil ish boshlagan mazkur aeroport bir necha yildan buyon ko‘hna qit’adagi eng gavjum havo kemalari qo‘nalg‘alaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu manzil 2024 yil 80 milliondan ziyod yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatib, ayni ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropada ikkinchi, dunyoda yettinchi o‘rinni egalladi.